“Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar!” talabalar Navro‘z saylini tashkil etishga tayyorgarlik jarayonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida akademiya hududiga 1000 (ming) tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ta’lim muassasasining har bir xodimi, professor o‘qituvchilar va talabalar ham bu umummilliy loyihada faol ishtirok etdi.
Bayram sayli akademiya hududida tashkil etilgan “Faxriy mehmonlar alleyasi” va unda barpo etilgan stella ya’ni timsoliy inshootni ochilishi bilan boshlandi.
Bayram tadbiriga akademiya jamoasi, talabalar o‘ziga xos tayyorgarlik ko‘rdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan, davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inidan mehmonlar ham taklif etildi.
Akademiya rektori iqtisod fanlari doktori, professor Sayfulla Normatovich Ahmedov barcha mehmonlar va ishtirokchilarni milliy bayramimiz, go‘zallik va yasharish bayrami Navro‘zi olam bilan tabrikldadi.
Yangi O‘zbekiston yoshlari ongi shuurida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat hissini shakllantirishga yo‘naltirilgan bayram dasturinamoyish etildi.
Respublikamizning barcha hududlaridagi urf-odat va an’analar bilan talabalarni keng tanishtirish maqsadida barcha akademik guruhlar, hududlar bo‘yicha taqdimotlarni namoyish qildi. Talabalar o‘zlariga tushgan viloyatlarning kiyim-kechaklari, milliy ovqatlari, kashta va boshqa bezak vositalari, urf-odatlari shuningdek milliy o‘yinlar, laparlar, aytishuvlarni tayyorlab ijro qildi.
Taqdimotlarni tashkil etish uchun har bir guruhga alohida joy ajratildi. Ular o‘zlariga ajratilgan stollarda o‘sha hududlarga mos bo‘lgan milliy taomlardan tayyorladi. Dasturxonga sumalak, halim, norin, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, chak-chak, holvaytar, tuxumbarak tortildi.
Qiziqarli bellashuvlar asosida tashkil etilgan tadbirda Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasining Yurisprudensiya, Inson resurslarini boshqarish, Hayot faoliyati xavfsizligi, Ijtimoiy ish, Menejment, Mehnat muhofazasi va texnik axavfsizligi, Psixologiya, Buxgalteriya hisobi, Metralogiya va standartlash, Iqtisod kabi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faollikni qo‘ldan bermadi.
O‘tkazilgan mazkur tadbirda millatimizga, xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, ezgulik kabi qadriyatlarmiz ulug‘landi. Yig‘ilganlar qalbida bayramona xush kayfiyat va tinch, osuda, faqat bayramlar yarashadigan yurtda yashayotganimizdan shukronalik tuyg‘ulari yana bir karra o‘z ifodasini topdi.
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi matbuot xizmati