E'LON

ISHGA TAKLIF QILAMIZ!

08.07.2026 213

PROFESSOR OʻQITUVCHILARNI ISHGA TAKLIF QILAMIZ!

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi 2026–2027 oʻquv yili uchun malakali professor-oʻqituvchilarni (assistent, katta oʻqituvchi, dotsent va professor)  ishga taklif qiladi.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha:

 • Yurisprudensiya

• Hayot faoliyati xavfsizligi

 • Ijtimoiy ish

• Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

 • Psixologiya

• Metralogiya va standartlash

🎓 Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

 • Magistr darajasiga ega boʻlishi, ilmiy darajali mutaxassislarga ustunlik beriladi.

 • Oliy taʼlim muassasalarida kamida 5 yillik pedagogik ish faoliyati

 • Oʻqitishning zamonaviy metod va texnologiyalarini bilishi

 • Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishi

 • Masʼuliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyati

💼 Biz taklif qilamiz:

 • Rasmiy mehnat shartnomasi

 • Raqobatbardosh maosh

 • Zamonaviy va qulay ish muhiti

 • Ilmiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari

📄Talab etiladigan hujjatlar:

Maʼlumotnoma (obyektivka) (telefon raqami boʻlishi shart)

• Ilmiy ishlari roʻyxati

• Dars oʻtgan fanlari roʻyxati

• Pasport nusxasi

xodimlar_bolimi@atso.uz  Telegram @Xusan230383 ga yuboring yoki Mirzo Ulugʻbek tumani Milliy bogʻ koʻchasi 7-uyga kelib topshiring.