Bo'lim
Sadullayev Toir Xikmatilla o‘g‘li 1990-yil 9-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr “Kasb ta’limi, iqtisodiyoti” yo‘nalishini tamomlagan.
2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura “Kasb ta’limi, iqtisodiyoti”(mutaxassisliklar bo‘yicha) mutaxassisligini tamomlagan.
2023-yilda “O‘zbekiston iqtisodiyotining inklyuziv iqtisodiy o‘sishni takomillashtirish yo‘nalishlari” (Makroiqtisodiyot yoʻnalishi misolida) mavzusida Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mehnat staji 12 yil. Mehnat faoliyatini 2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, fakultet dekani lavozimlarida, faoliyat olib borgan. 2026-yildan mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent T.Sadullayev tomonidan shu kungacha 20 ta ilmiy ishlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 1 ta darslik, 2 ta oʻquv qoʻllanma chop etilgan. Hozirgi kunda PhD ilmiy darajasini olish boʻyicha 1 nafar doktarantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.