Bo'lim

Bosh sahifaMarkaz va bo'limlar → Sirtqi boʻlim
Orqaga
BO'LIM
Sirtqi boʻlim
Rahbar: Lochinbek Fayzullayevich Amirov
Qabul vaqti
9:00 -17:00
Telefon
78 122 75 57
Bo'lim haqida

Lochinbek Fayzullayevich Amirov 1986-yil 15-iyunda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.

2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy boʻlimida ilmiy xodim lavozimida boshlagan hamda mazkur universitetda assistent, katta oʻqituvchi, dekan oʻrinborsari, boʻlim boshligʻi, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2025-yildan mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi boʻyicha “Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2025-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Mehnat faoliyati mobaynida 2 nafar Navoiy nomidagi va 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasi Prezident stipendiyalari savrindorlarini tayyorlagan.

60 tadan ortiq ilmiy ishlari eʼlon qilingan. Yakka mualliflikda 2 ta darslik, hammualliflikda 4 ta darslik,  4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta uslubiy qoʻllanma, 21 ta respublika va xalqaro ilmiy jurnal, toʻplamlarda ilmiy maqolalari va 13 ta ilmiy-amaliy tezislari mavjud.

Hozirgi kunda DSc ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda.