AXBOROT XATI
O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI
MEHNAT VA IJTIMOIY MUNOSABATLAR AKADEMIYASI
AXBOROT XATI
Hurmatli professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar!
Sizga Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Ijtimoiy-iqtisodiy renessans” (“Socio-economic renaissance”) nomli Ilmiy-elektron jurnalning 2-soni uchun maqolalar qabul qilish boshlanganligini ma’lum qilamiz. Jurnal ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy yoʻnalishlarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga ilmiy asoslangan tahlillar berish, ilmiy-tadqiqotlar, zamonaviy xalqaro tajribani oʻrganish, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi. Ilmiy-elektron jurnal 1 yilda 4 marta nashr etiladi.
MAQOLALARNI TAQDIM ETISH SHARTLARI
Maqolalar 2026 yil 1 iyunga qadar ushbu telegram manzili orqali elektron tarzda qabul qilinadi: t.me/mima_jurnal
Chop etish muddati: 2026 yil iyun oyining oxiriga qadar
Jurnalning 2-soni uchun maqolalar chop etish bepul va xarajatlar Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tomonidan moliyalashtiriladi.
MAQOLAGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
1. Jurnalga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan PhD tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. Jurnal bunday yuqori talablar o‘rnatish orqali o‘z mualliflarini asta-sekin xalqaro andozalarga moslashib borishida yaqindan ko‘mak berish vazifasini bajaradi. Qo‘shimcha savollar, talab va takliflar bo‘yicha tahririyatning t.me/mima_jurnal elektron manzil orqali murojaat etish mumkin. 2. Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
3. Maqolalar asosan empirik tadqiqot, keys-stadi, adabiyotlar tahlili va sharh, nazariya, amaliyot, uslubiyot, professional ilmiy taqriz va boshqa tavsifga ega bo‘lishi lozim.
4. Maqola xalqaro andozalar doirasidagi IMRAD talablariga koʻra quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- Maqola mavzusi (Title)
- Maqola muallif(lar)i to‘g‘risida ma’lumot (Author(s) information)
- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
- Tayanch so‘zlar (Key words)
- Kirish (Introduction)
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review)
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)
5. Maqola matni 8-10 bet hajmda, shrifti “Times New Roman” 14 oʻlchamda boʻlib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda boʻlishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (oʻng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 smdan iborat masofa qoldiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10 manbadan iborat boʻlishi maqsadga muvofiq.
6. Maqolada jadval, chizma yoki rasmlar boʻlishi shart. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda manbasi aniq koʻrsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma yoki rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba boʻlib xizmat qiladi. 7. Maqola mavzusi, muallif haqida ma’lumotlar, annotatsiya va kalit soʻzlar 3 ta til (oʻzbek, rus va ingliz)da va qisqartmalarsiz berilishi kerak.
8. Oʻzbek tilidagi oʻ, gʻ, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida toʻliq va toʻgʻri yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
9.Tahririyat tomonidan taqrizdan o‘tkazilib, nashrga tavsiya etilgan maqolalarda keltirilgan barcha dalillar, statistik ma’lumotlar va xulosalarning to‘g‘riligi uchun muallif(lar) shaxsan mas’ul hisoblanadi.
10. Tahririyat taqrizdan o‘tkazilmagan maqolalarni qaytarish, shuningdek, ular bo‘yicha mualliflarga tushuntirish yoki izoh berish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.
Namuna
MAQOLANING NOMI
(Times New Roman bosma shaklda, 14 o‘lchamda, qalin, katta harfli formatda o‘rtada joylashishi lozim)
Muallifning familiya, ismi va sharifi
(Times New Roman bosma shaklda 14 o‘lchamda qalin, sahifaning chap tomonida) Ish joyi va lavozimi
(Times New Roman 14 o‘lchamda kursiv, sahifaning chap tomonida)
Elektron manzil
(Times New Roman 14 o‘lchamda, giperhavolasiz sahifaning chap tomonida)
Annotatsiya (Abstract, Аннотация)
Maqola annotatsiyasi 5-7 qatordan iborat bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi lozim. Annotatsiya maqolada ko‘tarilgan masala, uning dolzarbligi, masalaning yechimi uchun foydalanilgan uslubiyat, masalaning yechimi, muallifning ilmiy va amaliy hissasi haqida qisqacha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi ( Times New Roman 14 o‘lchamda, kenglik bo‘yicha tekislash lozim). Tayanch so‘zlar (Key words, Ключевые слова): Maqolaning mazmunini ochib beruvchi kamida 7 ta so‘zni o‘z ichiga oluvchi so‘zlardan iborat bo‘lishi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida har bir annotatsiyadan so‘ng yozilishi kerak (Times New Roman 14 o‘lchamda, kenglik bo‘yicha tekislash lozim).