Oʻquv Ishlari Boʻyicha Birinchi Prorektor
Atamatov Abduxalil Salamovich 1955-yil 14-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1977-yilda Toshkent davlat universitetining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” mutaxassisligini tamomlagan.
1987-yilda “Многомерные локалные пределные теоремы для решетчатых распределений” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1990-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.
2004-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining “Huquqshunos” yoʻnalishini tamomlagan.
2024-yilda “Innovatsion yondashuvlar asosida oliy taʼlim muassasalari talabalarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni boshqarish mexanizmi” (menejment yoʻnalishi misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mehnat staji 46 yil. Mehnat faoliyatini 1977-yilda Kibernetika instituti muhandisi lavozimida boshlagan. Ilmiy-tadqiqot institutlarida laborant, aspirant, ilmiy xodim, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida katta oʻqituvchi, dotsent va kafedra boshligʻi lavozimlarida, faoliyat olib borgan. 2022-yildan mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.
Pedagogika fanlari doktori, professor A.Atamatov tomonidan shu kungacha 56 ta ilmiy ishlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 1 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanma chop etilgan. Hozirgi kunda PhD ilmiy darajasini olish boʻyicha 3 nafar doktarantga ilmiy rahbarlik qilmoqda.