Xoʻjalik Ishlari Boʻyicha Prorektor

Bosh sahifaRahbariyat → Yusupov S.
Rahbariyatga qaytish
PROREKTOR YUSUPOV SROJIDDIN SOPORBOYEVICH
YUSUPOV SROJIDDIN SOPORBOYEVICH
Xoʻjalik Ishlari Boʻyicha Prorektor
Qabul vaqti
09:00-17:00
Tarjimai hol

Srojiddin Soporboyevich Yusupov 1982-yil 1-mayda Xorazm viloyatida tugʻilgan. 2008-2014-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida bakalavr va magistraturada tahsil olgan.

2014-2015-yillarda Toshkent temir yoʻl transporti kasb-hunar kolleji katta oʻqtuvchisi, 2015-2018-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi apparati muhandisi, 2018-2022-yillarda bosh muhandis – ish boshqaruvchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yil aprel oyidan mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.

Yusupov Srojiddin Soporboyevich Oʻzbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti izlanuvchisi hisoblanadi. Taʼlimda menejment ixtisosligi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori 13.00.07 (PhD ilmiy darajasini olish uchun “Talabalarda rahbarlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalari” nomli dissertatsiya mavzusi 2024-yilda Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan.

Ilmiy ishlari: hammualliflikda 2 ta  darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma nashrdan chiqqan. OAK tomonidan tavsiya etilgan respublika va xalqaro jurnallarda 20 ga yaqin ilmiy maqolalari va tezislari eʼlon qilingan. 14 ta  bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbarlik qilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining bir yilligi, “Taʼlimdagi muvaffaqqiyatlari uchun” (xalqaro), “Yurt faxri”, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi”, “Vatanga sodiq inson” kabi qator koʻkrak va esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.