Yoshlar Masalalari Va Ma'naviy-Ma'rifiy Ishlar Bo'yicha Prorektor

Bosh sahifaRahbariyat → Mirzadjanov A.
Rahbariyatga qaytish
PROREKTOR MIRZADJANOV AZIM ΧΑΚΙΜJONOVICH
MIRZADJANOV AZIM ΧΑΚΙΜJONOVICH
Yoshlar Masalalari Va Ma'naviy-Ma'rifiy Ishlar Bo'yicha Prorektor
Qabul vaqti
09:00-17:00
Tarjimai hol

Azim Xakimjanovich Mirzadjanov 1978-yil 13-iyunda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
2001-yilda Toshkent avtomobil yoʻllari institutini, 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati: 2002-2006-yillarda “Bunyodkor” yoshlar teleklubi ijrochi direktori, 2006-2011-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tuman va Toshkent shahar kengashlarida rais, Mirobod tumani hokimi ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tashkiliy boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2016-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmol mollari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari kasaba uyushmasi Kengashi Raisi oʻrinbosari, 2017-2018-yillarda Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Kengashi Raisi oʻrinbosari, 2018-2021-yilllarda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining xodimlar boʻyicha oʻrinbosari, 2021-2022-yillarda “BMB trade group” MCHJ Bosh direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2022-yil may oyidan mazkur lavozimda ishlab kelmoqda.

Hozirgi kunda ilmiy faoliyatini boshlab, ilmiy maqolalari bilan respublika va xalqaro jurnallarda, ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

A. Mirzadjanov “Oʻzbekiston mustaqilligining 15 yilligi” hamda “Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan.