YANGILIK

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

26.05.2026 214

🎓 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Tadbir bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlash, ularni munosib ish oʻrinlariga yoʻnaltirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

🏛 Yarmarkada Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Advokatlar palatasi hamda boshqa qator tashkilotlardan iborat 18 ta muassasa vakillari ishtirok etdi.

📌 Ishtirokchilar talabalarga:
🔹 boʻsh ish oʻrinlari,
🔹 amaliyot dasturlari,
🔹 yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

👨‍🎓 Bu yil akademiyaning ilk bitiruvchilari — Yurisprudensiya, Psixologiya hamda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yoʻnalishlari boʻyicha 85 nafar talaba oʻqishni yakunlamoqda.

🤝 Tadbir davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, rezyumelarini topshirish va dastlabki suhbatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

📺 “Karyera kuni” tadbirini yoritish uchun “Toshkent” va “Oʻzbekiston” telekanallari jurnalistlari ham tashrif buyurdi.

MIMA matbuot xizmati

Foto galereya(10)