ATSO ART TALABALAR TEATR STUDIYASI 🎭
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida 23-aprel kuni Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan ajoyib tadbir tashkil etildi 🇺🇿
🎭 Unda Akademiyaning ATSO ART talabalar teatr studiyasi tomonidan yozuvchi hamda shoir Nurali Qobilning “Temuriylar” epopeyasi motivlari asosida sahnalashtirilgan “ULUGʻ AMIR” spektakli namoyish qilindi 👑🔥
⚡️Inssenirovka va sahnalashtiruvchi rejissyor vazifasini Saidakmal Mamasoliyev bajardi 🎬
Talabalar teatr studiyasi rahbari Navbahor Eshpoʻlatova💎
Spektaklda barcha rollarni talabalar mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi 👏
✅Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov hamda sahnalashtirilgan asar muallifi yozuvchi Nurali Qobil tashrif buyurib, talabalarning ijrosiga yuqori baho berdilar 🌟
✨ Ushbu sahna asari yoshlarning tariximizga boʻlgan hurmatini, milliy merosimizga sadoqatini va san’atga boʻlgan cheksiz muhabbatini yana bir bor namoyon etdi!