29.04.2026 | 👁 46
ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar ilmiy seminar

20-aprel kuni Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi olimlari tomonidan ilmiy seminar tashkil etildi. Unda TATU mustaqil tadqiqotchisi Mamatqulov Gʻulom Rustamovichning “Oʻzbekistonda pochta aloqasi korxonalari faoliyatini raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo’ldi. Dissertant taqdimoti davomida bugungi dolzarb muammolarga ilmiy yechim izlanganini taʼkidladi. Akademiya olimlari ilmiy ishda koʻtarilgan masalalar boʻyicha ilmiy-asosli savollar berdi. Ilmiy izlanish yuzasidan oʻz munosabatlarini bildirib,  ilmiy ishning yutuqlarini eʼtirof etdi, shuningdek ayrim oʻrinlarda qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishini taklif sifatida aytib oʻtdi.

Muhokamada akademiyaning yosh olimlari va ilmiy izlanishlarga qiziqadigan talabalar ham qatnashdi.

Ilmiy seminar xulosasiga koʻra dissertatsiya keyingi bosqichga bir ovozdan tavsiya etildi. Boʻlajak olimga keyingi jarayonlarda muvaffaqiyat tilaymiz.

← Yangiliklarga qaytish