Oq yoʻl sizga ilk qaldirgʻochlar!
Akademiyaning ilk bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlarni tantanali topshirish marosimi – Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tarixidagi unutilmas kunlardan biri boʻlib qoldi.
Yurisprudensiya, Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hamda Psixologiya taʼlim yoʻnalishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan 71 nafar bitiruvchi nafaqat diplom, balki mutaxassisligi boʻyicha ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni ham qabul qilib oldi. Bu esa Akademiya bitiruvchilarining 100 foiz ish bilan taʼminlanganining yorqin ifodasi boʻldi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va boshqa qator vazirlik, uyushma va idoralar masʼullari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bitiruvchilarga diplom va ishga joylashganlik sertifikatlari ana shu faxriy mehmonlar hamda Akademiya rektori tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Marosim davomida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirildi.
Zamonaviy taʼlim muhiti, xalqaro hamkorlik, malakali professor-oʻqituvchilar va mehnat bozori talablariga mos yondashuv natijasida Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi qisqa vaqt ichida raqobatbardosh kadrlar tayyorlaydigan nufuzli oliy taʼlim muassasasi sifatida oʻz oʻrnini mustahkamladi.
Bugungi bitiruvchilar — ertangi taraqqiyot bunyodkorlari. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi ularni katta hayot yoʻliga kuzatar ekan, har bir bitiruvchiga yuksak zafarlar, muvaffaqiyat va yangi marralarni tilaydi!
The New Academic Year Began on a High Note at the Academy of Labor and Social Relations
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Aziz abituriyentlar va hurmatli ota-onalar! Sizni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida (yangi Oʻzbekiston bogʻining yonginasida) joylashgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga taklif qilamiz!